bilvol
Jonli dasturlash kurslari

O'zbek tilida dasturlashni professional darajada o'rganing

Jonli darslar, kichik guruh, Telegramda doimiy yordam. Yozib olingan darslar guruhda qoladi — o'tkazib yuborsangiz ham keyin ko'rasiz.

13+talaba
1guruh o'tkazildi

Nega bilvol?

Onlayn video-kurslardan farqli o'laroq, jonli va kichik guruhda o'qiysiz.

Jonli darslar

Video-kurs emas — real vaqtda o'qituvchi bilan muloqot qilib, savol berib o'rganasiz.

Kichik guruh

Har bir guruh 10-14 kishidan iborat — mentor har bir ishtirokchiga individual e'tibor beradi.

Telegram yordami

Dars orasida ham, keyin ham savollaringizga guruh chatida javob olasiz.

Yozib olingan darslar

Darsni o'tkazib yuborsangiz ham, guruhga tashlangan yozuvni istalgan vaqt ko'rasiz.

Kurslar

Joriy ochiq guruhlar va tez orada boshlanadigan kurslar.

Mentorlarimiz

Kurslarni real sohada tajribaga ega mutaxassislar o'qitadi.

Javokhir Akramjonov

Software Engineer

Software Engineer. Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini o'rgataman — jonli darslarda, masala yechish orqali.

Talabalar fikri

Kurslarimizni tamomlagan talabalarning haqiqiy sharhlari.

Juda yaxshi, Masalalarni chuqur bir nechta usullarda ko'rib chiqishni ko'rsatib beradi ustoz. Uyga vazifaga tracker qo'yilgani yana masala ishlashga yaxshi mativatsiya bo'ldi. Kurs davomida o'tilgan mavzularni yana qayta yechib chiqishni rejalashtiryapman, mustahkamlab olish uchun. Darslar uchun rahmat

Hojarbu
Software Engineer at Sigma Software Group

DSA kursi juda ajoyib bo'ldi, Javohir aka haqiqatda biror minutga xiyonat qilmasdan darslarni mukammal va hammaga tushunarli bo'lgan sodda tilda tushuntirib berdi. Hammasi uchun rahmat

I Ibroximjon Maxammadjonov
Software Engineer at Central Bank of Uzbekistan

Jonli kursda mani qiziqtirgan mavzularni ko'rib chiqdik. 10 hafta ketma-ket darslar bo'ldi. Kursda qatnashmay o'zim o'rganganimda buncha narsani o'rgana olmasdim. Ham ustozni yaxshi tushintirishi ham belgilangan vaqt va kun borligi. Youtubeda tekin darslar ham bor, lekin bahona qilib ularni oxirigacha tugata olmay tashlab qo'yayotgandim. Vaqt tejaldi, foydali va qiziqarli o'tdi, tanishlar ham orttirildi (+networking)

Tohir Mirxomitov
Mobile Developer at GlobalMove

Judayam yaxshi va judayam ko'p topiclar cover qilinadi. Agar yetarlicha vaqt ajratilib masalar student tomonidan ishlansa, sezilarli natija olsa bo'ladi. Judayam ajoyib

Nozima
Software Engineer at FoundersHub

Kurs man uchun juda foydali bo'ldi. Data strukturalarini o'zim research qilib o'rgangan edim lekin har safar muammo yechishga kelganda qiynalardim va malum bir vaqtdan keyin esimdan chiqib qolardi. Bu kursdan keyin masala yechishim ancha osonlashdi, esimdan chiqmaydigan bo'lib esimda qoldi. Yaqinda ishga kirishimda ham bu kursni o'rni katta bo'ldi. Bu kursga o'qiganimdan judayam hursandman.

Komron
Software Engineer at Numeo

Kurs juda yaxshi tashkil qilingan, men bilmagan juda qiziqarli mavzular bor ekan. Darslarga to'liq qatnasholmadim, lekin menimcha yozib olingan video darslar ham foydali bo'ladi deb o'ylayman.

H Humoyun
Software Engineer

Kursga yozilishga tayyormisiz?

Joylar cheklangan — har bir guruhda atigi 10-14 o'rin.

Kurslarni ko'rish